Prezidentga taqdim etilgan takliflarga ko‘ra, davlat xizmatchilari uchun yagona va shaffof ish haqi tizimi joriy etiladi. Endi maosh 11 ta razryad va 6 ta pog‘ona asosida hisoblanadi.
🔹 ko‘plab ustama va mukofotlar o‘rniga 3 ta asosiy rag‘batlantirish to‘lovi qoladi;
🔹 KPI, malaka va ish samaradorligiga qarab ustama hamda bonuslar beriladi;
🔹 har bir xodim ish haqi qanday shakllanishini oldindan bilib turadi;
🔹 hududiy davlat xizmatchilari maoshi hokimliklardagi o‘xshash lavozimlardan yuqori bo‘lmaydi.
Yangi tizim 54 ming nafar davlat xizmatchisini qamrab olishi rejalashtirilgan.