Bu haqda Focus Taiwan xabar berdi.
Hokimiyat organlari 5000 Tayvan dollari (taxminan 155 AQSh dollari) miqdoridagi har oylik to‘lovni 19 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga ham joriy etishni taklif qildi.
Ta’kidlanishicha, to‘liq summa bola besh yoshga to‘lgunga qadar naqd pulda to‘lanadi. Olti yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun subsidiyaning yarmi ularning jamg‘arma hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Hozirda bunday qo‘llab-quvvatlashdan faqat besh yoshgacha bolasi bo‘lgan oilalar foydalanmoqda. Mablag‘larning bir qismini keyinchalik bolaning universitetda ta’lim olishi uchun to‘lash maqsadida alohida hisobraqamga yig‘ib borish rejalashtirilyapti, deyiladi xabarda.