O‘zbekistonda ilk bor “Don don ziki” chempionati o‘tkazildi. Turnir “Tashkent City” bog‘ida tashkil etildi.
O‘yinda 10 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan barcha xohlovchilar ishtirok etishlari mumkin edi. Buning uchun bog‘ chiptaxonalarida “maxsus braslet” xarid qilish kerak edi.
Finalda samarqandlik yigit Bekzod Abduhalimovning qo‘li baland keldi va asosiy yutuq iPhone 12 telefoniga ega chiqdi.
G‘olibning Sputnik muxbiriga ma’lum qilishicha, u musobaqaga oldindan tayyorlanmagan va chempionat haqida bog‘da sayr qilayotgan vaqtida bilib qolgan.