Bugun 6 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Tarixiy adolat tiklanmoqda: yana 161 nafar qatag‘on qurboni oqlandi

Tarixiy adolat tiklanmoqda: yana 161 nafar qatag‘on qurboni oqlandi

Oliy sudga Turkfrontning Farg‘ona qo‘shinlar guruhi Harbiy kengashi qoshidagi Farg‘ona maxsus bo‘limi hamda O‘rta Osiyo va Qozog‘iston birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi qoshidagi Uchlik Kengashining 1920-1934 yillardagi qarorlariga ko‘ra bosmachilik harakatlariga moddiy yordam berishda, qurolli to‘da tuzishda, sovet hokimiyatiga qarshi qo‘zg‘olonlar hamda aksilinqilobiy harakatini amalga oshirganlikda ayblangan bir guruh vatandoshlarga oid jinoyat ishlari kelib tushib, ishchi guruh tomonidan o‘rganib chiqildi.

6 may kuni bo‘lib o‘tgan ochiq sud majlislarida Jinoyat-prosessual kodeksining 83-moddasiga asosan 8 ta jinoyat ishi bo‘yicha 161 nafar shaxsga nisbatan Oliy sud Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyasiya instansiyasining oqlov hukmlari chiqarildi.

Kiritildi: Bugun 19:33. O'qildi: 302 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!