Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan 3-parashaxmat olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi tarixiy natija qayd etdi.
Nufuzli musobaqada 36 ta davlatdan 41 ta jamoa va 164 nafar yetakchi shaxmatchi ishtirok etdi. O‘zbekiston terma jamoasi musobaqada 3 ta tarkib bilan qatnashdi.
Hal qiluvchi 7-turda O‘zbekiston-1 jamoasi Isroil terma jamoasini 2,5:1,5 hisobida mag‘lub etdi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra, Polsha 1-o‘rinni, Kuba 2-o‘rinni egalladi. O‘zbekiston paraterma jamoasi esa 11 ochko bilan 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Bu O‘zbekiston parashaxmati tarixida Olimpiadada qo‘lga kiritilgan ilk bronza medalidir.
Samarqand mezbonlik qilgan 3-parashaxmat olimpiadasi jamoalar soni va ishtirokchilar qamrovi bo‘yicha ham rekord natijani qayd etdi.