"O‘smirlar ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlangan taqdirda VPN'dan foydalanishga majbur bo‘lishadi, bu esa noqonuniy kontentdan foydalanish imkoniyati tufayli ularni yanada kattaroq xavf ostiga qo‘yadi", — deb bayonot berdi Telegram asoschisi Pavel Durov X tarmog‘ida.
Uning fikricha, xuddi shunday vaziyat Telegram bloklanganidan keyin rossiyalik o‘smirlar bilan ham sodir bo‘lgan.
"Hech qanday qonun yaxshi tarbiyaning o‘rnini bosa olmaydi. Ota-onalarda bolalarning raqamli iste’molini cheklash uchun allaqachon vositalar mavjud: ota-ona nazorati, ekran vaqti cheklovlari yoki umuman smartfonning yo‘qligi", — deya qo‘shimcha qildi Durov.
U ko‘plab ota-onalar buning o‘rniga bolalarini tinchlantirish uchun ularga iPad berishlarini, ammo "hech qanday tartibga solish buni tuzata olmasligini" ko‘rsatib o‘tdi.