2020 yil 23 dekabr kuni Markaziy Osiyo davlatlari yetakchi ayollarining muloqoti bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi nomidan Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva ishtirok etdi.
✅ Mamlakatimizda gender tenglikni ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligi qayd etildi.
✅ O‘zbekistonda xotin-qizlarni uy-joy va ish bilan ta’minlash, jamiyatda ularning rolini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar Markaziy Osiyoda ijobiy baholanmoqda.
Shu munosabat bilan, BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi rahbarining taklifiga binoan 2021 yilda Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqotiga raislik qilish Tanzila Norboyevaga topshirildi.