O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmaniston Birlashgan Millatlar Tashkilotining Kipr bo‘yicha pozisiyasiga sodiqligini yana bir bor bildirib, Turkiya nuqtai nazariga qarshi chiqdi.
Xususan 3-4-aprel kunlari Samarqand shahri mezbonlik qilgan Yevropa Ittifoqi—Markaziy Osiyo sammitida tomonlar “barcha davlatlarning suvereniteti, hududiy yaxlitligi va xalqaro tan olingan chegaralar doirasidagi mustaqilligini hurmat qilish majburiyatini” yana bir bor tasdiqlagan. Unga binoan 1983 yilda tashkil etilgan “Shimoliy Kipr Turk Respublikasi” noqonuniy hisoblanadi.