Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Ta’limga qancha pul kerak bo‘lsa ham ayamaymiz — Shavkat Mirziyoyev

Ta’limga qancha pul kerak bo‘lsa ham ayamaymiz — Shavkat Mirziyoyev

Nomzod Navoiyga oid saylovoldi dasturining birinchi yo‘nalishida kasbga o‘rgatish, kadrlar tayyorlashga bag‘ishlaganini aytdi:

- Kelgusi 5 yilda Navoiyda 12 ming oliy, ishchi kasblar bo‘yicha 40 ming o‘rta ma’lumotli mutaxassislarga talab bo‘ladi. Shuning uchun Navoiy viloyatini muhandis mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha respublika markaziga aylantirish dasturini amalga oshiramiz.

Navoiy konchilik instituti negizida 15 mingga yaqin talabani o‘qitadigan Politexnika universiteti tashkil etiladi.

Navoiy davlat pedagogika instituti qo‘shimcha 6 ming o‘ringa kengaytiriladi.

Natijada viloyatda 20 ta yangi yo‘nalishlar ochilib, oliy ta’lim bilan qamrov darajasi 37 foizdan 60 foizga yetadi. Bu juda katta ko‘rsatkich. Respublikada birinchi bo‘lasizlar.

Viloyatdagi 60 ta kasb-hunar maktabi va markazlari, monomorkaz o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini tayyorlaydigan Navoiy kon-metallurgiya kombinati va “Navoiyazot”ga biriktiriladi.

Kiritildi: 11:44 13.10.2021. O'qildi: 2116 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!