Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

«Talimarjon IES»ining bitta energoblogi avariya holatida o‘chdi

«Talimarjon IES»ining bitta energoblogi avariya holatida o‘chdi

6 dekabr kuni soat 20:32da “Talimarjon issiqlik elektr stansiyasi”da 800 mVtli 1-energoblok texnologik himoya ishlashi sababli avariya holatda o‘chdi. Bu haqda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ axborot xizmati ma’lum qildi.

Buning natijasida Qashqadaryo, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo, Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarida avariyaga qarshi avtomatika tizimi orqali iste’molchilar vaqtincha tarmoqdan uzildi.

Texnik holat tufayli yuz bergan nosozlikdan so‘ng darhol energetika tizimidagi mavjud zaxira quvvatlarini ishga solish evaziga elektr ta’minotidan uzilgan iste’molchilarga kuchlanish berish choralari ko‘rildi.

Milliy dispetcherlik markaziga ma’lum qilingan xabarlarga ko‘ra, ayni paytda “Talimarjon IES” energoblokining avariya holatida o‘chish sabablari aniqlanib, ishga tushirish yuzasidan zarur choralar ko‘rilmoqda.

Kiritildi: 20:10 07.12.2019. O'qildi: 2850 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!