Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Saylovda g‘alaba qozongan britaniyalik deputat Falastin bayrog‘ini ko‘tarib, «Allohu Akbar» deb hayqirdi

Saylovda g‘alaba qozongan britaniyalik deputat Falastin bayrog‘ini ko‘tarib, «Allohu Akbar» deb hayqirdi

Saylovda g‘alaba qozongan britaniyalik deputat Lids shahar kengashidan Falastin bayrog‘ini ko‘tarib, «Allohu Akbar» deb hayqirdi.

Motin Ali Britaniya yashillari vakili. Bu partiyadan u Lids shahar kengashiga saylovlarda qatnashgan (aholi: deyarli 800 ming kishi). Uning g‘alabasini tasdiqlovchi natijalar e’lon qilingandan so‘ng, siyosatchi an’anaviy islomiy kiyim kiyib, Falastin bayrog‘ini ko‘tardi va jangovor tarzda «Allohu Akbar» deb hayqirdi.

«Biz G‘azoni himoya qilish uchun ovozimizni baland ko‘taramiz», dedi u.

Motin Ali Gipton saylov okrugida 51,6 foiz ovoz to‘pladi. Ali 39 foiz ovoz olgan Leyboristlar partiyasidagi raqibini ortda qoldirdi. Ovoz berish bo‘lib o‘tgan hududda musulmon muhojirlar ulushi nihoyatda yuqori – ular umumiy aholining qariyb 42 foizini tashkil qiladi.

Motin Ali ommaviy chiqishlarida yahudiylarga qarshi ritorikani ochiq qo‘llab-quvvatlaydi.

«Isroil mustamlakachi bosqinchi davlatdir. G‘azo sektori dunyoda ko‘rgan eng katta konslagerdir. Har bir xalq qarshilik ko‘rsatishga haqli», dedi u o‘tgan yilning 7 oktyabrida Xamas jangarilari Isroilga bostirib kirganidan keyin.

Ali Buyuk Britaniyadagi mahalliy saylovlarda g‘alaba qozongan radikal islomchilarning yagona vakili emas.

Kiritildi: 19:18 05.05.2024. O'qildi: 2604 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!