Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Moskva Boltiqbo‘yi davlatlariga qattiq javob berishga va’da berdi

Moskva Boltiqbo‘yi davlatlariga qattiq javob berishga va’da berdi

Rossiya hukumati Boltiqbo‘yi davlatlarining «dushmanlik harakatlari»ga iqtisodiy va tranzit sohadagi «assimetrik choralar» bilan javob beradi, deya ogohlantirdi Rossiya TIV matbuot kotibi Mariya Zaxarova.

«Biz Boltiqbo‘yi davlatlarining dushmanona harakatlariga, birinchi navbatda, iqtisodiy va tranzit sohalarda assimetrik choralar bilan javob beramiz», — dedi Mariya Zaxarova.

«Biz qabul qilgan javob choralari, jumladan, Rossiyaning shimoli-g‘arbiy portlariga yuk oqimini qayta yo‘naltirish Boltiqbo‘yi mamlakatlarining budjet daromadlariga o‘ta salbiy ta’sir ko‘rsatdi», dedi Rossiya TIV vakili.

Zaxarova Boltiqbo‘yi mamlakatlari bilan munosabatlarning uzilishini «nomaqbul» deb atadi, chunki u yerda ko‘plab rus tilida so‘zlashuvchilar, shu jumladan Rossiya fuqarolari yashaydi.

Mariya Zaxarova Boltiqbo‘yi davlatlarining iqtisodiy sohadagi qanday harakatlariga Rossiya javob berishi mumkinligini ochiqlamagan.

Kiritildi: 20:10 05.05.2024. O'qildi: 3876 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!