Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Ozodbek Nazarbekov qabulida...

Ozodbek Nazarbekov qabulida...

O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov soha vakillarining murojaatlari bilan ishlash, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida o‘z qabuliga yozilgan jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qildi.

Muloqot davomida ko‘tarilgan har bir masalaga yechim topish nuqtai nazaridan tegishli mas’ullar biriktirilib, muammolarni hal etish muddatlari belgilandi.

Qabul davomida o‘nga yaqin fuqaroning murojaatlari tinglanib, murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal qilindi.

Qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan muammolarni qisqa fursatlarda hal etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Har bir murojaat yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berilib, fuqarolarga murojaatlar qonuniy belgilangan tartibda hal etilishi ma’lum qilindi. Har bir murojaat Madaniyat vazirligi tomonidan nazoratga olindi.

Kiritildi: 19:15 05.05.2024. O'qildi: 13501 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!