Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Rossiya Chasov Yarda o‘n minglab qo‘shinni to‘pladi

Rossiya Chasov Yarda o‘n minglab qo‘shinni to‘pladi

Chasov Yar shahri (Ukrainaning Donetsk viloyati) yaqinidagi front chizig‘ida Rossiya qo‘shinlari 25 mingga yaqin shaxsiy tarkibni jamladi, dedi «Xortitsa» tezkor-strategik qo‘shinlar guruhi matbuot kotibi Nazar Voloshin. Uning so‘zlarini «Zerkalo Nedeli» nashri keltirmoqda.

Voloshinning so‘zlariga ko‘ra, eng qaynoq nuqtalar Avdeevskoe, Baxmutskoe va Novopavlovskoe yo‘nalishlari bo‘lib qolmoqda. O‘tgan haftada vaziyat keskinlashdi, shiddatli janglar davom etmoqda, biroq vaziyat Ukraina Qurolli kuchlari nazorati ostida qolmoqda, deydi u.

Xususan, Voloshinning so‘zlariga ko‘ra, ruslar Chasov Yar yo‘nalishida 20-25 ming harbiy xizmatchilar guruhini to‘plagan. Rossiya armiyasi strategik tashabbusni qo‘lga olib, Donetsk viloyatidagi front chizig‘ini yorib o‘tishga harakat qilmoqda.

«Ba’zi yo‘nalishlarda dushman taktik muvaffaqiyatlarga erishmoqda. So‘nggi paytlarda vaziyatda dinamik o‘zgarishlar yuz berdi. Rossiya armiyasi barcha turdagi qurollardan – artilleriya, tanklar, uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanib, himoyachilarimiz pozisiyalariga hujum qilishda davom etishdan to‘xtamayapti. So‘nggi kunlarda dushman bizning pozisiyalarimizga ham, fuqarolik infratuzilmasiga ham raketa va bombali hujumlar uyushtirish uchun aviasiyadan faol foydalana boshladi», — dedi Voloshin.

Kiritildi: 19:30 05.05.2024. O'qildi: 3493 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!