Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Moskvadagi G‘alaba paradiga qaysi davlat rahbarlari boradi?

Moskvadagi G‘alaba paradiga qaysi davlat rahbarlari boradi?

Xorijiy davlat rahbarlari 9 may kuni G‘alaba paradida ishtirok etish uchun Rossiyaga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda.

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov va Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Moskvaga boradi.

Tojikiston prezidentining tashrifi haqida «RIA Novosti» davlat rahbarining ijroiya apparatidagi manbalariga tayanib yozmoqda.

Shuningdek, G‘alaba paradida ishtirok etish uchun Moskvaga Laos prezidenti Tongloun Sisulit, Gvineya-Bisau prezidenti Umaru Sisoku Embalo va Kuba Migel Dias-Kanel ham borishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yili Moskvadagi G‘alaba paradida MDH davlatlarining deyarli barcha rahbarlari: Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus - Aleksandr Lukashenko va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan ishtirok etgandi.

Kiritildi: 11:40 06.05.2024. O'qildi: 4008 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!