Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Germaniya armiyasining maxfiy ma’lumotlari oshkor bo‘ldi

Germaniya armiyasining maxfiy ma’lumotlari oshkor bo‘ldi

Maxfiy ma’lumotlarning tarqalishi nemis armiyasi uchun xorlik bo‘ldi. Bu haqda Britaniyaning Express gazetasi xabar berdi.

Bundesverning obro‘siga minglab maxfiy video uchrashuvlar yozuvlari ommaga e’lon qilinganida putur yetdi, deya tushuntiradi nashr.

Xabarda aytilishicha, maxfiylik sozlamalaridagu xatolik 3 may kunigina aniqlangan, bundan oldin, bir necha oy davomida har kim materiallarga kirish huquqiga ega bo‘lgan.

Nemis ommaviy axborot vositalarining xabarlariga ko‘ra, Internetda joylashtirilgan ba’zi yozuvlar «o‘ta maxfiy» deb belgilangan.

Kiritildi: 19:50 05.05.2024. O'qildi: 4708 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!