Bolalarni ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
Qonun loyihasida shuningdek quyidagilar ham kiritilgan:
🔸vasiy yoki homiy yashash joyini o‘zgartirishi yoki xorijga ko‘chishi uchun tegishli organning yozma ruxsati hamda 10 yoshdan katta bolaning roziligi talab etiladi;
🔸ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga aliment miqdorini kamaytirish masalalarida "Inson" ijtimoiy xizmatlari markazi vakili ishtirok etadi;
🔸vasiyni ro‘yxatga olishda davlat bojidan ozod etish taklif qilinmoqda.