Bugun 22 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Talabalarga stajirovka uchun haq to‘lanadi

A A A
Talabalarga stajirovka uchun haq to‘lanadi

Talabalarning davlat idoralarida haq to‘lanadigan stajirovka o‘tashi to‘g‘risidagi hujjat loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Ta’kidlanishicha, magistratura talabalari ikkinchi yoki uchinchi semestrdan keyin 3 yarim oy, bakalavriat talabalari to‘rtinchi semestrdan so‘ng 1 yarim oy davomida stajirovka o‘tashlari mumkin.

Magistrant stajyorlarga stajirovka boshlangan kunida belgilangan eng kam ish haqining 1 yarim baravari miqdorida, bakalavr stajyorlar uchun eng kam ish haqi miqdorida haq to‘lanadi.

Stajirovka davrida talabalarga stipendiyalar umumiy belgilangan tartibda to‘lanishi va ish vaqtining davomiyligi haftasiga 36 soatdan oshmasligi qayd etilgan.

Muhokama joriy yilning 20 mayiga qadar ochiq.

Kiritildi: 22:17 07.05.2022. O'qildi: 4194 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!