Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Talabalar stipendiya to‘lash tartibining o‘zgarishidan norozi: 400 ming so‘m yashash uchun yetmaydi

Talabalar stipendiya to‘lash tartibining o‘zgarishidan norozi: 400 ming so‘m yashash uchun yetmaydi

Ayni joriy etilgan tartibga ko‘ra, endi barcha talabalar bir xilda 400 ming so‘m miqdorida stipendiya olib o‘qiydi. Ilgari talabalar fanlardan olgan baholariga qarab turli miqdorda stipendiya olishgan.

Ayrim talabaalar ushbu tartibdan norozilik bildirishmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazilgan mavzuga doir so‘rovnomalarda deyarli 90 foiz talabalar 400 ming so‘m yashash uchun yetmasligini bildirgan. 

Faol talabalar guruhi stipendiya miqdorining optimallashishini yana bir bor ko‘rib chiqishlarini so‘rab meningfikrim.uz portalida petisiya uyushtirmoqda.

Mutasaddilar esa Oliy ta’limning rivojlangan mamlakatlarda pullik ekanini ta’kidlashmoqda. Shuningdek, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi vakillari mavzuga doir chiqishlaridan birida sifatli ta’lim qimmat bo‘lishini ta’kidlagan.

Voqealar rivojini Aniq.uz bilan birga kuzating.

Kiritildi: 13:23 12.09.2019. O'qildi: 2255 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!