Moskvada uyquchi haydovchilardan biri yo‘lovchidan uxlab turgunicha mashinasini " haydab ketishni" taklif qildi.
Bir erkak Moskva shahri markazidan Konkovo tumaniga olib borish qo‘yishni so‘rab, mashina to‘xtatgandi. Biroq yarim yo‘lga yetgach, haydovchi avtomobilni to‘xtatib, ortiq yura olmasligini, biroz uxlab olishi lozimligini aytdi. Buning ustiga taksichi yo‘lovchidan haydovchilik guvohnomasi bor-yo‘qligini so‘rab, qoniqarli javob olgach, uni rulga o‘tirishga taklif qildi. Natijada yo‘lovchi to manziliga qadar mashinani o‘zi haydab keldi.
Bu g‘alati hodisani o‘z telegram-kanaliga yozgan yo‘lovchi “Mana sizga o‘z-o‘ziga xizmat!” deb izoh qoldirgan.