Bugun 6 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Tailandda sayyohlar avtobusi ag‘darilib, 18 kishi halok bo‘ldi

Tailandda sayyohlar avtobusi ag‘darilib, 18 kishi halok bo‘ldi

Bangkok sharqidagi Prachinburi provinsiyasida 26 fevral kuni sayyohlik avtobusi tormoz tizimi nosozligi tufayli ag‘darilib ketdi. Hodisa oqibatida 18 kishi halok bo‘ldi, 23 kishi jarohat oldi.

Reuters xabariga ko‘ra, hukumat amaldorlari uchta uch qavatli sayyohlik avtobuslarida turga chiqqan. Baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan avtobus ham xuddi shu guruh bilan ketayotgan edi.

Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, avtobusda 49 yo‘lovchi bo‘lgan. Ularning barchasi Tailand fuqarolari. 17 kishi voqea joyida, yana bir kishi shifoxonaga yetkazilganidan keyin vafot etgan.

Avtobus pastga tushayotganda tormozi ishlamay qolgan va haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan, deyiladi xabarda.

Tailandda yo‘l harakati xavfsizligi me’yorlariga rioya qilinmaganligi va yo‘l infratuzilmasi yomonligi tufayli yo‘l-transport hodisalari tez-tez uchrab turadi. 2023 yilgi hisobotga ko‘ra, Tailand yo‘l harakati qurbonlari soni bo‘yicha 175 mamlakat ichida 9-o‘rinni egallaydi.

Kiritildi: 14:45 26.02.2025. O'qildi: 1964 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!