Bugun 22 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Tadqiqot: Ko‘k choy Alsgeymer va demensiya kasalliklaridan himoya qilishi mumkin

Tadqiqot: Ko‘k choy Alsgeymer va demensiya kasalliklaridan himoya qilishi mumkin

Angliyaning Nyukasl universiteti olimlari tomonidan olib borilgan so‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra, ko‘k choyni muntazam ichish Alsgeymer kasalligi va demensiyaning boshqa shakllaridan himoya qilishi mumkin.

📰 “Phytomedicine” akademik jurnalida chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, asl ko‘k choy tanani saraton kasalligidan himoya qilishda muhim rol o‘ynashi mumkin.

🌸 Ko‘k choy tarkibidagi antioksidantlar qarishga qarshi ta’sirga ega bo‘lib, terining go‘zalligi va navqironligini ta’minlashi mumkin.

🔬 Yana bir tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, ko‘k choy ekstrakti bo‘lgan preparatlar teri tuzilishini yaxshilaydi va mayda ajinlar paydo bo‘lishini kamaytiradi.

🔎 Shuningdek, ko‘k choy stress va xavotirga qarshi kurashda ham samarali. Misol uchun, asabiy holatni bartaraf etishga yordam beradigan aminokislota bo‘lmish L-teanin tinchlantiruvchi xususiyatga ega.

✅ Qolaversa, avvalgi tadqiqotlarda ko‘k choyni muntazam ichadigan keksa odamlarda kognitiv funksiya pasayishi kamroq ekani aniqlangan.

📌 Ko‘k choy ekstraktidagi flavonoidlar miyadagi dofamin va serotonin darajasini oshirishga yordam berishi haqida dalillar ham mavjud.

📊 Bundan tashqari, ko‘k choy ekstrakti 24 soat ichida metabolizm tezligini 4 foizga, yog‘lar oksidlanishini 17 foizga va insulinga sezgirlikni 13 foizga oshirishi mumkin.

Kiritildi: 19:55 17.12.2024. O'qildi: 1001 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!