Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Tadbirkorlar umumta’lim muassasalarida dars berishga jalb etiladi

Tadbirkorlar umumta’lim muassasalarida dars berishga jalb etiladi

Prezidentning “Ta’lim maskanlarida biznesga o‘qitish va moliyaviy savodxonlikni oshirishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Belgilanishicha, umumta’lim muassasalarida tadbirkorlik va moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tishda yetarli bilim va tajribaga ega bo‘lgan tadbirkorlar taklif etiladi. Belgilangan darslar o‘quvchilarda umumiy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, tadbirkorlik jarayonlarini o‘rganish hamda amaliy muammoli vaziyatlar (keyslar)ni tahlil qilishga qaratiladi.

Xalq ta’limi vazirligi uch oy muddatda tadbirkorlik va moliyaviy savodxonlik ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan darslar uchun dasturini ishlab chiqilishini ta’minlaydi. 2022 yil 1 maydan boshlab “Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasida tadbirkorlik va moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tadigan o‘qituvchilar uchun maxsus o‘quv kursi tashkil etadi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalariga davlat buyurtmasi qabul parametrlarini ishlab chiqishda umumiy o‘rta ta’lim tizimi uchun “Moliyaviy savodxonlik va tadbirkorlik” o‘quv darslari uchun zarur pedagog kadrlarni tayyorlash bo‘yicha kvotalarini nazarda tutadi.

Kiritildi: 11:30 17.11.2021. O'qildi: 2058 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!