Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Tadbirkorga hisoblangan ortiqcha soliq bekor qilindi

Tadbirkorga hisoblangan ortiqcha soliq bekor qilindi

Bugungi kunda mamlakatimizda qulay biznes muhitini yaratish, nazorat qiluvchi organlar mas’uliyatini oshirish va tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarning oldini olish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda

Xususan, Biznes-ombudsman tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni muvofiqlashtirish choralarini ko‘rib bormoqda.

Shunga ko‘ra, Biznes-ombudsmanga Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida meva quritish bilan shug‘ullanuvchi "Sanoat N" MCHJ (nomi o‘zgartirilgan) hisoblangan ortiqcha soliq va yopib qo‘yilgan bank hisob-raqami yuzasidan amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.

Aniqlanishicha, soliq organi tomonidan o‘tkazilgan kameral soliq tekshiruvi natijasida tadbirkorga 311 million so‘m qo‘shimcha soliq hisoblangan. Biroq tadbirkor ushbu hisoblangan qo‘shimcha soliq summasiga e’tiroz bildirgan.

Murojaat asosida kameral soliq tekshiruvi natijalari qayta ko‘rib chiqilishi natijasida tadbirkorga 28 million so‘m qo‘shimcha soliq hisoblanishi hamda hisoblangan 283 million so‘m ortiqcha soliq summasi bekor qilinishi ta’minlandi.

Shuningdek, o‘rganish davomida xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan jamiyatning hisob-raqami noqonuniy ravishda yopib qo‘yilgani aniqlandi. Natijada bank mansabdor shaxsiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 241-3-moddasiga asosan 15 million so‘m miqdorida jarima jazosi qo‘llanildi.

Kiritildi: 16:11 09.04.2025. O'qildi: 660 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!