Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Florentino Peresning shaxsan o‘zi "Siti" yulduzini "Real"ga olib kelmoqchi

Florentino Peresning shaxsan o‘zi "Siti" yulduzini "Real"ga olib kelmoqchi

Norvegiyalik markaziy hujumchi Erling Xoland faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. Deadlinedaylive akkauntida yozilishicha, skandinaviyalik to‘purar bilan shartnoma imzolashga Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peres qiziqish bildirmoqda.

Rahbar "qaymoqranglilar"ning Yevropa Chempionlar Ligasidagi muvaffaqiyatsizligidan so‘ng yangi shov-shuvli transfer haqida qaror qabul qildi. "Qirollik klubi" chorak finalda ikki o‘yin natijasiga ko‘ra Londonning "Arsenal" klubiga yutqazdi (0:3, 1:2).

24 yoshli Xoland Angliya top-klubi bilan 2034 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan shartnomaga ega. Transfermarkt portali Erlingning bozor narxini 200 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: Bugun 12:19. O'qildi: 1167 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!