Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Tadbirkorga hisoblangan ortiqcha 283 mln so‘m soliq bekor qilindi

Tadbirkorga hisoblangan ortiqcha 283 mln so‘m soliq bekor qilindi

Bank hisob raqamini noqonuniy yopgan mansabdor javobgarlikka tortildi.

Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida meva quritish bilan shug‘ullanuvchi "Sanoat N" MCHJ (nomi o‘zgartirilgan) hisoblangan ortiqcha soliq va yopib qo‘yilgan bank hisob raqami yuzasidan Biznes-ombudsman devoniga amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.

Aniqlanishicha, soliq organi tomonidan o‘tkazilgan kameral soliq tekshiruvi natijasida tadbirkorga 311 mln so‘m qo‘shimcha soliq hisoblangan. Biroq tadbirkor ushbu hisoblangan qo‘shimcha soliq summasiga e’tiroz bildirgan.

Murojaat asosida kameral soliq tekshiruvi natijalari qayta ko‘rib chiqilishi natijasida tadbirkorga 28 mln so‘m qo‘shimcha soliq hisoblanishi hamda hisoblangan 283 mln so‘m ortiqcha soliq summasi bekor qilinishi ta’minlandi.

Shuningdek, o‘rganish davomida xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan jamiyatning hisob raqami noqonuniy ravishda yopib qo‘yilganligi aniqlandi. Natijada bank mansabdor shaxsiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 241-3-moddasiga asosan 15 mln so‘m miqdorida jarima jazosi qo‘llanildi.

Kiritildi: 05:49 09.04.2025. O'qildi: 901 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!