Bugun 30 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlanmoqda

Tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlanmoqda

"O‘zenergoinspeksiya" Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Denov tumanida joylashgan yakka tartibdagi tadbirkor "Y. F. R."ga qarashli binoning gaz qurilmalarini hisoblagichdan tashqari yashirin ravishda gaz tarmog‘idan foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 307,3 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 11:50 21.07.2025. O'qildi: 580 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!