Samarqand viloyatida xonanda Zeboyi Jahon o‘ldirildi, jinoyatda uning turmush o‘rtog‘i gumon qilinmoqda.
Bu haqda "Milliy" telekanalining "Millar" ko‘rsatuvi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, fojia Tayloq tumanida 26 iyul kuni xonandaning turmush o‘rtog‘i farzandlarini ko‘rgani kelganida sodir bo‘lgan. Er va xotin o‘rtasida janjal kelib chiqqan, natijada ayolni eri bo‘g‘ib o‘ldirilgani taxmin qilinmoqda. Qayd etilishicha, Zeboyi Jahon uch farzandning onasi bo‘lgan.
Dasturda, shuningdek, Respublika Bosh prokurori matbuot kotibi Xayot Shamsutdinovning so‘zlariga ko‘ra, erkak qo‘lga olingani va unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgan.