"Yaqinda Alp tog‘larida AQSh va Britaniya vakillari hamda Ukraina prezidenti yordamchisi Yermak, Ukraina harbiy razvedkasi boshlig‘i Budanov va Ukrainaning sobiq mudofaa vaziri Zalujniy ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Zelenskiyni almashtirish masalasi muhokama qilindi, deb xabar qildi Rossiya Tashqi razvedka xizmati.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, amerikaliklar va britaniyaliklar Zalujniy nomzodini Ukrainaning navbatdagi prezidenti lavozimiga ko‘rsatish haqidagi qarorini e’lon qilishgan. Yermak va Budanov bu qarorni qabul qilgan.
Kutilmaganda, Vogue jurnali sobiq bosh qo‘mondonning yoqimtoy suratini va u haqda katta maqola chop etdi. Unda Zalujniy ukrainaliklarning o‘ziga xosligi, birlik kuchi va tarixiy saboqlar haqida gapirgan...