Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Tvitterda AQSh prezidentining Ukraina bo‘yicha ultimatumiga "Tramp Rossiya bilan ultimatum o‘ynamoqda: 50 kun yoki 10…" deya javob qaytardi.
U ikki narsani unutmasligi kerakligi, ya’ni Rossiya — Isroil ham, Eron ham emasligi va har bir yangi ultimatum bu Rossiya va Ukraina o‘rtasida emas, Trampning o‘z mamlakati bilan bo‘ladigan urushga olib boruvchi tahdid ekanini ta’kidlab o‘tdi.
“Uyquchi Jo yo‘lidan yurma!” — deya so‘zini yakunlagan Medvedev (Jo Baydenni nazarda tutgan holda).