Bugun 31 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda Jahon chempionlariga qarshi o‘ynaydi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda Jahon chempionlariga qarshi o‘ynaydi

O‘zbekiston terma jamoasi noyabr oyida Urugvay terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Bu haqda Championat.asia nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Temur Kapadze jamoasi noyabrdagi FIFA kunlarida Urugvayga qarshi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. 1930 va 1950 yillarda Jahon chempioni bo‘lgan Urugvayga qarshi bellashuvlardan biri Toshkentda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Ikkinchi o‘yin esa Osiyo qit’asida o‘tkazilishi ko‘zda tutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasi bungacha Urugvay bilan ikki bor o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazgan va har ikkala o‘yinda ham 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan. Birinchi uchrashuv 2018 yilda Montevideo shahrida, ikkinchisi esa 2019 yilda Xitoyda bo‘lib o‘tgan.

Kiritildi: 23:54 29.07.2025. O'qildi: 5693 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!