Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Svetoforning qaysi chirog‘i yonganini telefoningiz ekranida ko‘rib oling

Svetoforning qaysi chirog‘i yonganini telefoningiz ekranida ko‘rib oling

Yandex Uzbekistan navigasiya xizmatlarida svetofor chiroqlarini real vaqtda ko‘rsatish funksiyasini ishga tushirdi. Endi haydovchilar Yandex Maps va Navigator ilovalari orqali svetoforning o‘zi ko‘rinmasa ham, uning qaysi chirog‘i yonib turganini telefon ekranida ko‘rishlari mumkin.

Pilot loyiha doirasida bu funksiya Toshkentning ayrim yo‘llarida — xususan, Amir Temur prospekti hamda Tiklanish va Gulyor ko‘chalari kesishmasida ishlamoqda. Kelajakda uni butun shahar va respublikaning boshqa shaharlariga ham kengaytirish rejalashtirilgan.

Yaqinda taymer orqali signal o‘zgarishiga qancha vaqt qolganini ko‘rish ham mumkin bo‘ladi. Shuningdek, haydovchilar “yashil to‘lqin”dan o‘tib ketishlari uchun tavsiya etilgan harakat tezligi ham ko‘rsatiladi.

Kiritildi: 04:50 24.07.2025. O'qildi: 1092 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!