Kecha hamyurtimiz Svetlana Osipova Olimpiada finalida mezbon fransiyalik sportchi bilan bahslashdi. 2-raund so‘nggida Svetlana 3 ochko oldi, ammo hakamlar chellenjdan so‘ng, uning raqibiga ham 3 ochko berishdi.
Huquqshunos va bloger Xushnud Xudoyberdiyevning yozishicha, fransuz taekvondochisi zarba bergan paytda tablodagi vaqt tugab bo‘lgan edi.
Jahon taekvondo xalqaro federasiyasining rasmiy saytida e’lon qilingan 2024 yil 14 iyundagi taekvondo qoidalarining 10-bo‘lim 4.5-bandiga ko‘ra, bo‘limlarda vaqt hakamning «Keu-man» (stop) buyrug‘idan so‘ng to‘xtaydi. Ammo garchi hakam to‘xtash buyrug‘ini hali bermagan bo‘lsa ham, lekin tabloda vaqt tugagan bo‘lsa, unda vaqt tugagan hisoblanadi hamda shundan keyin berilgan zarbalar hisobga olinmaydi. Ya’ni jang tugagani tablodagi vaqtga qarab belgilanadi.
Tablodagi vaqt tugagach, faqatgina jarima ballari berish mumkin xolos.
"Rasmiy Nizomlardan xulosa qilsak, hakamlar Svetlana Osipovadan fransiyalik mezbon sportchi foydasiga g‘alabani yulib olishgan ko‘rinadi", deb yozadi bloger.