Bugun 6 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Suyultirilgan gaz uchun kompensasiya: kimlar pul olishi mumkin?

Suyultirilgan gaz uchun kompensasiya: kimlar pul olishi mumkin?

O‘zbekistonda ayrim toifadagi oilalarga suyultirilgan gaz sotib olish xarajatlarining bir qismi davlat tomonidan qoplab beriladi. Bu tartib 2030 yil 1 yanvarga qadar amal qiladi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi ma’lumotiga ko‘ra, kompensasiya xarid qilingan har bir kilogramm gaz uchun 3 ming so‘mdan hisoblanadi. Bir oyda ko‘pi bilan 20 kilogramm gaz uchun, ya’ni 60 ming so‘mgacha to‘lov ajratiladi.

Kompensasiya quyidagi oilalarga beriladi:

  • Ijtimoiy reestrga kiritilgan oilalarga;

  • Reestrda bo‘lmasa-da, jon boshiga oylik daromadi minimal iste’mol xarajatlarining ikki baravaridan oshmaydigan va belgilangan mezonlarga mos oilalarga;

  • Etim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar yashayotgan oilalarga.

Kompensasiya olish uchun Davlat xizmatlari markazlari, "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari yoki my.gov.uz portali orqali murojaat qilish mumkin.

Mablag‘ suyultirilgan gaz xarid qilingani tasdiqlangach, oilaning ijtimoiy kartasiga o‘tkazib beriladi.

Kiritildi: 12:07 05.11.2026. O'qildi: 617 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik