Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Qo‘shma Shtatlarning Eronga qarshi amalga oshirgan zarbalariga munosabat bildirdi.
"Qanday bahonalar bilan oqlanmasin, suveren davlat hududini raketa va bomba zarbalariga duchor qilish bo‘yicha mas’uliyatsiz qaror xalqaro huquqni, BMT Nizomini va Xavfsizlik Kengashining rezolyusiyalarini qo‘pol ravishda buzadi. BMT Xavfsizlik Kengashi bu kabi harakatlarni avval ham “noqonuniy” deb baholagan", deyiladi Rossiya TIV bayonotida.
"Aynan BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi bo‘lgan davlat bu zarbalarni amalga oshirgani alohida xavotir uyg‘otadi", deya qo‘shimcha qilingan bayonotda.