Afrikaning g‘arbida joylashgan Chad davlati sharqidagi Igote mintaqasida ikki oila o‘rtasida suv qudug‘i ustidan janjal ommaviy to‘qnashuvga aylanib ketdi.
Hukumat vakili Brahim Issa Galmayening ma’lum qilishicha, ushbu nizo oqibatida 42 kishi qurbon bo‘lgan, yana 10 kishi jarohat olgan.
Vaziyatni hal qilish uchun Prezident Mahamat Idriss Debi Itno mintaqaga yuqori darajadagi missiya yubordi, jumladan ular orasida Bosh vazir o‘rinbosari Liman Mahamat va Mudofaa vaziri Issaka Maloua Djamous bor edi.
Bu hududda suv, yer va chorva mollari uchun jamoalar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar tez-tez sodir bo‘lib turadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi uch yil ichida bu kabi ichki nizolar tufayli mamlakatda 1000 dan ortiq inson halok bo‘lgan.