Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Sut ichganda organizmda nimalar sodir bo‘ladi?

Sut ichganda organizmda nimalar sodir bo‘ladi?

Yangi sog‘ilgan sigir suti - tarkibida 200 dan ortiq turli organik va mineral moddalarni jamlagan ajoyib mahsulotdir.

Qadimdan sut va sut mahsulotlari salomatlik uchun nihoyatda foydali hisoblanadi. Biroq, so‘nggi vaqtlarda barcha mutaxassislar ham bunga qo‘shilavermaydi.

Maksimal foydali bo‘lishi uchun sutni qanday iste’mol qilish kerak? Batafsil materialimizda.

Sut makroelementlar va vitaminlarga boy. Vrach-fitoterapavt Yevgeniy Shmerko Sputnik Belarusga sutni to‘g‘ri iste’mol qilish haqida so‘zlab berdi.

Sutning foydasi nimada?

Mutaxassisning ta’kidlashicha, yangi sog‘ilgan, tabiiy sut tarkibida 200 dan ortiq turli organik va mineral moddalarni jamlagan ajoyib mahsulotdir.

“Sut va tuxum mahsulotidek tarkibida oziq moddalarining butun kompleksini yig‘magan hech qanday mahsulot bo‘lmasa kerak”, deydi shifokor.

“Sut oqsilining o‘ziga xosligi aminokislotalarning muvozanalashtirilgani va 100% hazm bo‘lishidir. Aynan sut va sut mahsulotlarining oqsilida immunoglobulin kabi maxsus himoya vositalari bor. Immunoglobunlar tufayli organizm turli viruslar va mikroorganizmlarga qarshi antitanachalar ishlab chiqaradi”,- deydi Shmerko.

Shuningdek, sigir sutining qon bosimini tushiruvchi xususiyati ham bor. Shu sabab sut, sut mahsulotlari va ulardan tayyorlangan taomlar ateroskleroz (suyak kasalliklari), miya va periferik tomirlar va gipertoniya, yurakning ishemik kasalliklarini davolashda tavsiya qilinadi.

Sut tarkibida kaliy ko‘p. Ushbu modda tomirlar elastikligini saqlashda juda zarur.

Sut jig‘ildon qaynashida ham iste’mol qilinadi. Uningtarkibidagi yog‘da A va D vitaminlari mavjud. Sut osteoporoz (suyaklar mo‘rtlashishi)ni oldini olishda ham samarali vosita. Kalsiyga bo‘lgan kunlik ehtiyojning 80%ni sut bilan to‘ldirish mumkin.

Xususan, sut ajoyib tinchlantiruvchi vosita. Tongda bir stakan sut iste’mol qilish kun davomida tetik bo‘lishga yordam bersa, uxlashdan oldin tinchlanish va uyqu sifatini yaxshilashga ko‘mak beradi.

Sutni qanday iste’mol qilish kerak?

Sut albatta har bir insonning kunlik rasionida bo‘lishi lozim: kattalar va kichik yoshdagi bolalarning ham.

“Sutni ehtiyotkorlik bilan iste’mol qilish zarur. Yaxshisi, uni alohida taom sifatida ichish kerak, chunki boshqa mahsulotlar bilan sutning hazm bo‘lishi qiyin. Mevalar bilan sutni birga iste’mol qilsa bo‘ladi, chunki sut mevalarga qarshi allergik ta’sirlarni oldini olishi mumkin. Choy va qahvaga sut qo‘shish yaxshi odat emas. Shuningdek, uni qaynatish mumkin emas, chunki 30 gradusdan baland issiqlikda sut tarkibidagi ko‘plab foydali elementlar nobud bo‘ladi”,- deydi shifokor.

Kiritildi: 19:30 15.05.2022. O'qildi: 6401 marta. Fikrlar soni: 3 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!