Qumqo‘rg‘on tumani hududidan oqib o‘tayotgan Surxondaryoda rangi o‘zgargan, neft aralash loyqa suv oqimi qayd etildi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bu holat Boysun tumanidagi sel oqimlari natijasida texnogen kon atrofidagi neft sizib chiqishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Aytilishicha, sel oqimi neft saqlangan sun’iy omborga zarar yetkazgan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.
Ekologiya boshqarmasiga ko‘ra, neft aralash oqim Bandixon orqali Qumqo‘rg‘on tumanigacha yetib kelgan.
Hozirda suvdan namunalar olingan va holat yuzasidan kompleks o‘rganish ishlari olib borilmoqda.