Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Surxondaryoda ziplaynda uchayotgan fuqaro attraksion o‘rtasida osilib qoldi

Surxondaryoda ziplaynda uchayotgan fuqaro attraksion o‘rtasida osilib qoldi

Texnik me’yorlarga rioya qilinmagani sabab fuqaro yo‘lning o‘rta qismida to‘xtab qolgan.

Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida joylashgan ziplayn attraksionida fuqaro harakat yo‘nalishining o‘rta qismida to‘xtab qoldi. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Sanoat, radiasiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi ma’lum qilishicha, voqea 27 iyun kuni soat 09:30 atrofida Boysun tumanidagi «Omonxona» mahallasida joylashgan Xonjiza City MCHJga qarashli ziplaynda sodir bo‘lgan.

Dastlabki o‘rganishlarga ko‘ra, attraksion texnik jihatdan to‘liq ishga tushirilmagan, belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan hamda undan foydalanish uchun zarur ruxsatnoma olinmagan. Shunga qaramay, fuqaro undan sinov tariqasida foydalanishga uringan.

Aniqlanishicha, ziplaynning po‘lat arqonlari texnik me’yorlarga muvofiq yetarli darajada tarang tortilmagani va qiyalik burchagi talab darajasida bo‘lmagani sababli fuqaro yo‘lning o‘rta qismida to‘xtab qolgan. Tashkilot xodimlari uni qisqa vaqt ichida xavfsiz tarzda yerga tushirishga muvaffaq bo‘lgan.

Hodisa oqibatida fuqaro tan jarohati olmagan. Holat yuzasidan Sanoat, radiasiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Qo‘mita eslatishicha, attraksionlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan va tegishli ruxsatnomasiz foydalanishga topshirish amaldagi qonunchilikka muvofiq BHMning 200 baravarigacha, ya’ni 82,4 million so‘mgacha jarima qo‘llanilishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 18:19 28.06.2026. O'qildi: 1035 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!