Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Surxondaryoda YPX xodimini haqorat qilgan aka-uka 10 sutkaga qamaldi

Surxondaryoda YPX xodimini haqorat qilgan aka-uka 10 sutkaga qamaldi

Surxondaryo viloyatida YPX xodimining qonuniy talablarini bajarmasdan, uni haqorat qilgan aka-ukaga chora ko‘rildi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 26 iyun kuni Surxondaryo viloyati Denov tumanida ikki nafar aka-uka xizmatga jalb etilgan YPX xodimining qonuniy talabini bajarmay, qasddan huquqbuzarlik sodir etgan.

Shu kunning o‘zida olib borilgan tezkor choralar natijasida huquqbuzarlar IIBga olib kelingan va ularning harakatiga nisbatan to‘plangan hujjatlar sudga taqdim etilgan.

Sud qarori bilan aka-uka Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183- (mayda bezorilik), 194- (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik), 135-moddalarida (yo‘l harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari bo‘lmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi) ko‘rsatilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularga nisbatan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Kiritildi: 09:33 09.07.2024. O'qildi: 700 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!