Surxondaryo viloyati Termiz tumanida uzumning ertapishar chillaki navi ob havoning qulay kelgani sababli har doimgidan ertaroq pishib yetildi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Termiz tumani, “Xalqobod” hududidagi aholi xonadonlarida uzumning ertapishar (chillaki) navi g‘arq pishibdi. Odatda bu hudud uchun ham uzumning bu navi bir necha kundan so‘ng hosil yig‘ishga omil bo‘lishi kerak edi. Ammo, bu yilgi ob-havoning o‘ziga hos kelganligi mazkur mevaga ijobiy ta’sir qilgan. Ayni mana shu nav bozor rastalariga va dasturxonlarga tortiq qilishga shay. Ham yetilgan, ham ayni tobida”, deyiladi xabarda.