Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Surxondaryoda chaqalog‘ini urgan ayol javobgarlikka tortilgani ma’lum qilindi

Surxondaryoda chaqalog‘ini urgan ayol javobgarlikka tortilgani ma’lum qilindi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayol go‘dak bolani urayotgani aks etgan video tarqalgandi. Holat bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganilganda holat 1 yil avval sodir bo‘lgani aniqlandi.

Olib borilgan tekshiruv natijalariga ko‘ra, Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida yashovchi fuqaro T.M. (2001 yilda tug‘ilgan ayol) 2024 yilning may oyida sobiq turmush o‘rtog‘i A.Q. (1994 yilda tug‘ilgan erkak) bilan janjallashib, bola uchun aliment va boshqa moddiy ta’minot bermagani vaji bilan bolani otasiga bosim qilib qo‘rqitish maqsadida video qo‘ng‘iroq qilib, farzandi A.R (2023 yilda tug‘ilgan qiz) ni urib tasvirga olgan va uni sobiq turmush o‘rtog‘iga yuborgan.

Telefondagi yozishmalarda bolani o‘ldirish bilan tahdid qilgani haqidagi gaplarni ham o‘qish mumkin. “O‘zim tuqqanman, o‘zim o‘ldiraman”, deyilgan chaqaloq videosi yuborilgan yozishmada.

Tergovga qadar tekshiruvda bolaning sog‘lig‘iga zarar yetmagani aniqlangani sababli 2024 yil 14 mayda holat yuzasidan ayol Ma’muriy javobgalik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan huquqbuzarlik sodir qilgan deb topilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Sariosiyo tuman sudi tomonidan uning javobgarligi masalasi hal etilgan.

Qayd etilishicha, hozirda ayol sobiq turmush o‘rtog‘i va uning oila a’zolari bilan o‘zaro nizo vaziyatida bo‘lib, bu borada tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 10:42 12.02.2025. O'qildi: 1091 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!