Bugun 4 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Surxondaryoda Afg‘onistondan olib kirilayotgan 52 kg dan ortiq narkotik modda to‘xtatib qolindi

Surxondaryoda Afg‘onistondan olib kirilayotgan 52 kg dan ortiq narkotik modda to‘xtatib qolindi

Surxondaryoda yirik narkotik kontrabandasi fosh etildi: 52 kilogrammdan ziyod giyohvandlik vositalari ushlandi.

Mamlakatimizda giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi va narkotik jinoyatlarga qarshi tizimli kurash olib borilmoqda.

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining «Ayritom» chegara bojxona posti xodimlari, Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari hamda Davlat xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlari vakillari bilan hamkorlikda yirik miqdordagi giyohvandlik vositalarini O‘zbekistonga olib kirishga bo‘lgan urinishning oldi olindi.

2026 yil 1 oktyabr kuni soat 22:30 da Afg‘onistondan «Ayritom» chegara bojxona postiga kirib kelgan bo‘sh yuk avtomobili bojxona nazoratidan o‘tkazilgan. Nazorat jarayonida kinolog xizmat iti transport vositasiga nisbatan belgi bergan.

Shundan so‘ng 1993 yilda tug‘ilgan, Termiz tumanida yashovchi fuqaro boshqaruvidagi yuk avtomobili chuqurlashtirilgan bojxona nazoratidan o‘tkazilgan.

Natijada transport vositasi tirkamasining pol qismi ostiga yashirilgan 98 ta o‘ram aniqlangan. Uramlar rentgen qurilmasini chalg‘itish maqsadida polietilen, zarqog‘oz va skotch yordamida to‘rt qavat qilib qadoqlangan.

Tekshiruv davomida 79 ta o‘ramda gashish, 19 tasida esa opiy giyohvandlik vositasi borligi aniqlangan.

Prosessual tartibda olib qo‘yilgan giyohvandlik vositalarining umumiy og‘irligi 52 kilogramm 595 grammni tashkil etgan. Shundan 42 kilogramm 335 grammi gashish, 10 kilogramm 260 grammi esa opiy bo‘lgan.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, musodara qilingan giyohvandlik vositalari qariyb 340 ming dozani tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, 2026 yilning o‘tgan davrida O‘zbekiston bojxonachilari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar bilan hamkorlikda 1,9 tonnadan ziyod giyohvandlik vositalarining noqonuniy olib kirilishi va yashirin aylanmasiga chek qo‘ygan.

Kiritildi: 22:50 03.10.2026. O'qildi: 312 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!