Bugun 3 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Argentina debyutanti Maradona va Messining ko‘rsatkichini yangiladi

Argentina debyutanti Maradona va Messining ko‘rsatkichini yangiladi

Argentina terma jamoasida «Boka Xuniors»ning 19 yoshli futbolchisi Leonel Flores debyut qildi.

U bu borada Diyego Maradona va Lionel Messining ko‘rsatkichlarini ham ortda qoldirdi. Gap shundaki, Floresning klub safida professional futbolchi sifatidagi ilk o‘yini bilan milliy terma jamoadagi debyuti orasida atigi 76 kun o‘tdi. Maradona va Messida esa bu oraliq uzoqroq bo‘lgan.

Biroq Argentina futboli tarixida milliy terma jamoada professional klubdagi debyutidan ham oldin maydonga tushgan futbolchilar bo‘lgan.

Bunday holatlarning eng mashhuri Xavyer Maskerano bilan bog‘liq. U Argentina terma jamoasida «River Pleyt» safidagi professional debyutidan 18 kun oldin ilk o‘yinini o‘tkazgan.

Kiritildi: Bugun 09:28. O'qildi: 846 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!