Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qiziriq tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Savdo-sanoat palatasi Qiziriq tumani bo‘limi boshlig‘i M.CH. fuqaro O.B.ga dehqon xo‘jaligi tashkil etishi uchun auksion orqali 2 gektar yer maydoni olib berishini va’da qilib, firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan 5 mln so‘mni O.B.ga qaytarib bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.