Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Surxondaryo viloyatida noqonuniy alkogol mahsulotlari savdosi fosh etildi

Surxondaryo viloyatida noqonuniy alkogol mahsulotlari savdosi fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jarqo‘rg‘on tumani bo‘limi, IIB va soliq inspeksiyasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda YATT “X.U.” “Markaziy Surxon” MFY hududidagi savdo do‘konida kirim hujjatlari bo‘lmagan 31 turdagi 105,4 mln so‘mlik jami 3 214 dona alkogol mahsulotlarini sotuvga qo‘yganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentining Oltinsoy tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Q.A.” xususiy korxonasi rahbari A.R. savdo do‘konida tegishli hujjatlari bo‘lmagan 62 turdagi umumiy bahosi 84,5 mln so‘mlik 1 445 dona alkogol mahsulotlarini sotuvga qo‘yganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 17:35 05.02.2025. O'qildi: 1091 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!