Bugun 3 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

So‘rov: Amerikaliklarning qariyb 70 foizi “Amerika orzusi”ga endi ishonmaydi

So‘rov: Amerikaliklarning qariyb 70 foizi “Amerika orzusi”ga endi ishonmaydi

AQShda o‘tkazilgan yangi tadqiqot fuqarolarning “Amerika orzusi”ga bo‘lgan ishonchi keskin pasayganini ko‘rsatdi.

The Wall Street Journal (WSJ) va NORC Jamoatchilik bilan aloqalar tadqiqot markazi hamkorligida o‘tkazilgan so‘rovda 1527 nafar respondent ishtirok etdi. Ularning qariyb 70 foizi mashaqqatli mehnat muvaffaqiyatni kafolatlamaydi, deb hisoblamoqda. Bu ko‘rsatkich oxirgi 15 yilda eng yuqori darajani tashkil etdi.

Shuningdek, o‘z turmush darajasini yaxshilash imkoniyati yuqori deb hisoblaganlar ulushi qariyb 25 foizga tushib ketib, 1987 yildan beri eng past ko‘rsatkichga qayd etildi.

So‘rovda qatnashganlarning to‘rtdan uch qismidan ko‘prog‘i esa kelgusi avlod o‘ziga nisbatan yaxshiroq hayot kechirishini shubha ostiga oldi.

Iqtisodiyotga nisbatan pessimizm

Hisobotda ta’kidlanishicha, amerikaliklar tobora iqtisodiyotga nisbatan pessimistik millatga aylanib bormoqda. Demokratlarning 90 foizi va respublikachilarning 55 foizi mamlakat iqtisodiy kelajagiga salbiy qaramoqda.

Tadqiqot shuni ham ko‘rsatdiki, iqtisoddan norazilik demografik chiziqlarni kesib o‘tmoqda — erkaklar va ayollar, yuqori yoki past daromadga ega qatlam vakillari birdek salbiy fikr bildirishgan.

Boshqa tomondan, o‘tgan yilga nisbatan iqtisodiyotga ijobiy baho beruvchilar ulushi 38 foizdan 44 foizga ko‘tarilgan.

Stenford universiteti iqtisod professori Nil Maxoni bu holatni “achchiq” deb atadi:
“Mamlakat sifatida bizning eng katta boyliklarimizdan biri — doimiy optimizmimiz edi”, dedi u.

Kiritildi: 18:04 02.09.2025. O'qildi: 527 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!