Bugun 10 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

Rossiyaning Ukraina bo‘ylab zarbalari oqibatida bir kunda 20 kishi halok bo‘ldi

Rossiyaning Ukraina bo‘ylab zarbalari oqibatida bir kunda 20 kishi halok bo‘ldi

8 martga o‘tar kechasi Rossiya harbiylari Donesk oblastidagi Dobropole frontoldi shahriga raketa va dronlar bilan zarba berdi, rasmiylarga ko‘ra, 11 kishi halok bo‘lib, 40 dan ortiq kishi yaralangan. Rossiya harbiylari hujumlari Donbassdagi boshqa aholi yashash punktlarida yana olti kishining hayotiga zomin bo‘lgan. Xarkiv oblastining Bogoduxov shahrida dronlar hujumi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi. Rossiya harbiylari tinch aholining o‘limiga izoh bermayapti.

Ukraina qurolli kuchlari havo kuchlari shanba kuni ertalab Rossiya shanbaga o‘tar kechasi Ukrainaga 145 ta zarbdor dron va dron-imitatorlar, shuningdek, ikkita «Iskander-M»/KN-23 ballistik raketasi va bitta «Iskander-K» qanotli raketasi bilan hujum qilganini ma’lum qildi.

Tungi hujumdan Donesk, Xarkiv, Poltava, Sumi va Odessa oblastlari jabrlangan.

Kiritildi: 16:50 09.03.2025. O'qildi: 1183 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!