Bugun 10 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

AQSh G7 bayonotidagi Rossiyaga oid ifodalarni yanada yumshatmoqchi

AQSh G7 bayonotidagi Rossiyaga oid ifodalarni yanada yumshatmoqchi

AQSh G7 bayonotidagi Rossiyaga oid ifodalarni yanada yumshatmoqchi.

Qo‘shma Shtatlar Kanada tomonidan ilgari surilgan, Rossiyaga neft narxining yuqori chegarasini chetlab o‘tishda yordam berayotgan “soya floti”ni kuzatish bo‘yicha maxsus guruh tuzish taklifini rad etdi. Bu haqda Bloomberg o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda.

Joriy yilda “Katta yettilik”ka raislik qilayotgan Kanada kelasi hafta Kvebek shahrida tashqi ishlar vazirlari sammitini o‘tkazishni rejalashtirgan.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh dengiz masalalariga oid qo‘shma bayonotni tayyorlash jarayonida Xitoyga nisbatan ifodalarni keskinlashtirish, Rossiyaga nisbatan esa yumshatish tarafdori bo‘lmoqda.

Shuningdek, Vashington bayonotdan “sanksiyalar” so‘zini hamda Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlarini davom ettirish qobiliyatiga doir iboralarni chiqarib tashlashni taklif qilgan.

Fevral oyida Financial Times nashri AQSh G7'ning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqinning uch yilligiga bag‘ishlangan qo‘shma bayonotida Rossiyani “agressor” sifatida atashga qarshilik qilganini yozgan edi.

Kiritildi: 10:04 09.03.2025. O'qildi: 1101 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!