Bugun 14 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Suriyada yoqilg‘i narxining keskin oshishi ortidan namoyishlar boshlandi

Suriyada yoqilg‘i narxining keskin oshishi ortidan namoyishlar boshlandi
Yakshanba kuni (13 sentyabr) Suriyaning bir qator viloyatlarida hukumatning yoqilg‘i narxini oshirish to‘g‘risidagi qaroriga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda RBK. Namoyishga Halab viloyati shimolidagi Marea va El-Bab shaharlari aholisi chiqdi. Fuqarolar yo‘lni to‘sib, u yerda o‘t qo‘yishgan. Raqqada xavfsizlik kuchlari yonib ketgan shinalarni o‘chirishga majbur bo‘ldi. Bundan tashqari, namoyishchilar Idlib viloyati janubidagi Maarrat-an-Numan tumanida M5 avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ydi. Suriyada bir kechada dizel yoqilg‘isi narxi 40 foizga, benzin narxi esa taxminan 26–28 foizga keskin qimmatlashgani ortidan ommaviy noroziliklar kelib chiqqan. Namoyishchilar Halab-Damashq avtomagistralini to‘sib qo‘ygan. Mintaqa OAVlarining qayd etishicha, yoqilg‘i narxi oshishidan kelib chiqqan norozilik qisqa fursat ichida keng ko‘lamli tartibsizliklarga aylanib bormoqda.
Kiritildi: Bugun 14:16. O'qildi: 450 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!